HR YONALISHI BOYICHA KURSLAR
Bizning kurslarimiz sizga bosqichma-bosqich yangi kasbni o‘rganishga yoki mavjud tajribangizni yanada oshirishga yordam beradi.
Bugun HR - dagi yo‘lingizni boshlang — va yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadigan karyerani yarating!
  • Bu kurs — HR kasbini endigina kashf etayotganlar uchun asosiy bosqichdir. Siz tanlov, moslashtirish va odamlarni boshqarish asoslarini o‘rganasiz hamda yangi karyerangizda birinchi qadamingizni ishonch bilan qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi.
    Batafsil
  • 2. Samarali rekruting
    Kurs eng yaxshi nomzodlarni topish va jalb qilish haqida. Siz zamonaviy qidiruv, suhbat va baholash usullarini o‘rganasiz, shunda vakansiyalarni tez va sifatli yopishingiz mumkin bo‘ladi.

    Tez kunda...
  • 3. Moslashuv va motivatsiya
    Siz yangi xodimlar kompaniyada uzoq muddat qoladigan tizimni yaratishni o‘rganasiz. Kurs xodimlarni qanday motivatsiya qilish va ularning ishtirokini oshirishni ko‘rsatadi.

    Tez kunda...
  • 4. Korporativ madaniyat va qadriyatlar
    Biz ilhomlantiruvchi va jamoani birlashtiruvchi madaniyatni qanday shakllantirishni ko‘rib chiqamiz. Siz qadriyatlarni kundalik ish jarayoniga joriy etishni va jamoaviy ruhni mustahkamlashni o‘rganasiz.
    Tez kunda...
  • 5. HR-kommunikatsiyalar: eshitiladigan qilib gapirish
    Kurs xodimlar va rahbarlarga ma’lumotni to‘g‘ri yetkazish haqida. Siz ishontiruvchi taqdimotlar , muzokaralar va ichki kommunikatsiyalar uchun zarur vositalarni olasiz.

    Tez kunda...
  • 6. Xodimlarni baholash va rivojlantirish
    Siz xodimlarning kuchli tomonlarini aniqlash va rivojlanish rejalari tuzishni o‘rganasiz. Kurs kompaniya o‘sishiga xizmat qiladigan baholash tizimini yaratishda yordam beradi.

    Tez kunda...
  • 7. Raqamli HR
    HR kursi ishingizni yanada oson va tez qiladigan raqamli vositalar haqida. Siz kadrlarni boshqarish uchun onlayn platformalar, servislar va texnologiyalardan foydalanishni o‘rganasiz.
    Tez kunda...
  • 8. HR-analitika
    Siz xodimlar haqidagi ma’lumotlar bilan ishlashni va raqamlarga asoslanib qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz. HR kursi jarayonlarini boshqarish uchun metrikalar, hisobotlar va prognozlar tuzishni o‘rgatadi.
    Tez kunda...
  • 9. HR-brend
    Kurs kompaniyani nomzodlar va xodimlar uchun jozibador qilish haqida. Siz bozor ichida sizni ajratib turadigan HR-brendni qanday yaratishni o‘rganasiz.

    Tez kunda...
  • 10. Murakkab HR-kеyslarini hal qilish
    Amaliy kurs real кеyslar va noodatiy vaziyatlar bilan. Siz HR dagi nizoli, inqirozli va noaniq vaziyatlarda yechim topishni o‘rganasiz.
    Tez kunda...